Ma’lumki, mamlakatimiz budjetini asosiy qismini soliq tushumlari tashkil qiladi. Shu sababli, yurtimizda soliq organlari tomonidan soliq xavfini boshqarish hamda soliq xavfi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subektlarini aniqlash, ularga huquqiy tushuntirishlar berish va zarur bo‘lgan holatlarda ularga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Ushbu jarayonlarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2021-yildagi 1-son Qarori bioan tartibga solingan bo‘lib, unga muvofiq kameral va sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish uchun quyidagi asoslar mavjud bo‘lsihi kerak:
№ | Kameral soliq tekshiruvi | Sayyor soliq tekshiruvi |
---|---|---|
1 | tekshiruvdan oldingi tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlar bo‘yicha soliq to‘lovchiga soliq organi tomonidan yuborilgan xabarnomaga javoban xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda soliq to‘lovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoxud asoslantirishlar taqdim etilmaganda; | soliq xavfini boshqarish tizimi orqali aniqlangan, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish xavfi mavjudligi; |
2 | soliq xavfini boshqarish tizimi asosida aniqlangan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjudligida; | jismoniy yoki yuridik shaxslarning soliq yoxud valyuta to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari, shu jumladan, tovarlar va xizmatlarning narxini asossiz oshirib yuborish holatlari to‘g‘risida, yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalari bilan tashish bo‘yicha noqonuniy tadbirkorlik faoliyati; |
3 | soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda. | ommaviy axborot vositalarida soliqqa va valyutaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda; |
4 | soliq to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishi holatlari haqida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari soliq organiga tushganda; | o‘tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvini xolisona amalga oshirish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlar olish zarurati yuzaga kelganda; |
5 | soliq to‘lovchi tomonidan oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko‘rilgan zarar summasini ko‘paytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda. | qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida qo‘shimcha soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish zarur bo‘lganda; |
6 | valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish jarayonida soliq organi yuborgan so‘rovnomaga soliq to‘lovchi tomonidan hujjatlar yoki axborot taqdim etilmagan yoxud to‘liq taqdim etilmaganda; | |
7 | sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan soliq va valyutaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida dalolat beruvchi axborot tushganda; |