Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Majburiyatlarning bajaralishini taʼminlashning bir qator usullari mavjud boʻlib, ularning asosiy qismi (kafillik, kafolat, neustoyka zakalat va boshqalar) Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solingan. Shu bilan birga fuqarolik qonunchiligi bilan hozirda tartibga solinmagan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash usullari ham mavjud. Ulardan biri kontrgarantdir.

Kontrgarantiya (kontrgarant) – bu bank kafolati turidagi majburiyatni bajarilishini taʼminlash usulidir. Kontrgarant – bu bank kafolatining maxsus turi boʻlib, unda ikkinchi garant (kontrgarant) birinchi garant oldidagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida kafolat beradi. Uning mohiyati shundaki, kontrgarant garanti (birinchi garant) oldidagi majburiyatlarni bajarilishini taʼminlaydi. Bu murakkab huquqiy konstruksiya boʻlib, unda kamida uch subyekt ishtirok etadi:

  1. Benefitsiar (kafolat oluvchi)
  2. Birinchi garant (benefitsiar oldida kafolat beruvchi)
  3. Kontrgarant (birinchi garant oldida kafolat beruvchi)

Kontrgarant instituti zamonaviy bank amaliyotida muhim ahamiyatga ega. U majburiyatlar bajarilishini taʼminlashning samarali usuli sifatida xalqaro savdo va moliya munosabatlarida keng qoʻllaniladi.

Mazkur usulning asosiy xususiyatlari quyidagicha:

Ikki bosqichli kafolat munosabati yuzaga keladi. Yaʼni birinchi garant benefitsiar oldida kafolat bersa, kontrgarant birinchi garant oldida kafolat beradi.

Pul mablagʻlari bilan bogʻliq majburiyatlarni taʼminlashda qoʻllaniladi. Bunda faqat pul majburiyatlarini taʼminlaydi. Aniq summa koʻrsatilishi shart. Naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali amalga oshiriladi.

Mustaqillik, yaʼni asosiy shartnomadan mustaqil, birinchi garant majburiyatidan mustaqil va Oʻz shartlari asosida amal qiladi.

Qaytarib olinmaslik. Kontrgarant oʻz majburiyatidan bir tomonlama voz kecha olmaydi. Shartnoma muddati tugagunga qadar amal qiladi. Faqat kelishuv asosida oʻzgartirilishi mumkin

Xalqaro savdo va bank amaliyotida keng qoʻllaniladi. Xususan, import-eksport operatsiyalarida, xalqaro tender va auksionlarda, yirik investitsiya loyihalarida, kreditlash jarayonida, lizing operatsiyalarida, bank kafolatlarini berish chogʻida qoʻllaniladi.

Kontgarantga yaqin boʻlgan taʼminlash usullari hisoblangan kafillik va kafolatdan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi.

KafillikKafolatKontrgarant
Kafillikda kafil asosiy qarzdor bilan solidar javobgarBank kafolatida kafil benefitsiar oldida javobgarkontrgarantda faqat garant oldida javobgar boʻladi
Kafillik subsidiar javobgarlikni nazarda tutishi mumkinBank kafolatida bir bosqichli munosabatkontrgarantda bunday emas. kontrgarantda ikki bosqichli
Kafillikda regress huquqi mavjudBank kafolatida regress huquqi boʻlishi mumkinkontrgarantda yoʻq

Kontrgarant majburiyatni bajarilishini taʼminlashning samarali usuli boʻlib, bu usul orqali majburiyatlar bajarilishi ikki bosqichli taʼminot tizimi bilan kafolatlanadi. Biroq uning qoʻllanilishi maʼlum talablar va cheklovlarga ega.

Konsignatsiya shartnomasi

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?

Fuqarolik huquqida restitutsiya

Fuqarolik huquqida konvolidatsiya

Culpa in Contrahendo Doktrinasi

Kreditorlar huquqlarini himoya qilish usullari: ex ante va ex post control

Fuqarolik huquqida sinallagmatik shartnomalar

Fuqarolik huquqida eviksiya

Umumiy mulk