Fuqarolik huquqida konvolidatsiya

Har bir huquq sohasida boʻlgani kabi fuqarolik huquqida ham turli xildagi yuridik atamalar keng qoʻllaniladi. Mazkur atamalarning kelib chiqishi va fuqarolik huquqida qoʻllanishi Rim xususiy huquqiga borib taqaladi.

Fuqarolik huquqida qoʻllaniladigan mana shunday atamalardan biri bu konvolidatsiyadir.

Konvolidatsiya – bu fuqarolik huquqida qoʻllaniladigan atama boʻlib, u bitim yoki shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi mumkin boʻlgan holatda, keyinchalik uning haqiqiyligi tan olinishi va kuchga kirishi jarayonini anglatadi.

“Konvolidatsiya” atamasi lotin tilidagi “convalidatio” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “kuchga kirish” yoki “haqiqiy deb tan olish” maʼnolarini anglatadi.

Konvolidatsiya quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:

  1. Dastlab haqiqiy boʻlmagan bitimning keyinchalik haqiqiy deb tan olinishi.
  2. Vakolatga ega boʻlmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning keyinchalik vakolatli shaxs tomonidan maʼqullanishi.
  3. Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning keyinchalik uning qonuniy vakili tomonidan maʼqullanishi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida konvolidatsiya tushunchasi toʻgʻridan-toʻgʻri keltirilmagan boʻlsa-da, uning mazmunini ifodalovchi normalar mavjud.

Xususan, Fuqarolik kodeksining 112-moddasiga asosan shakl talablari boʻyicha haqiqiy emasligi kelib chiqishi mumkin boʻlgan bitimlarning sud tomonidan haqiqiy (tuzilgan) deb topilishi;

Shuningdek, ushbu kodeks 27-moddasida voyaga yetmagan (oʻn toʻrt yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan) shaxslar tomonidan muayyan turdagi bitimlardan tashqari boshqa bitimlarni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning yozma roziligi bilan tuzishi kerak. Bunday bitim garchi voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bitim paytida rozilik bermagan boʻlsa-da, bitim tuzilgandan soʻng uni maʼqullasa, bu bitim haqiqiy sanaladi.

Bundan tashqari, FK 132-moddasida vakolatsiz vakillik haqida qoida belgilangan. Mazkur normaga muvofiq vakolatsiz vakil tomonidan tuzilgan bitim keyinchalik vakolat bergan shaxs tomonidan maʼqullansa, mazkur bitim tuzilgan deb topiladi.

Mazkur normalar konvolidatsiya jarayonining turli jihatlarini qamrab oladi va uning huquqiy asosini tashkil etadi.

Bu tushuncha fuqarolik muomalasida barqarorlikni taʼminlash, taraflarning manfaatlarini himoya qilish va huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol oʻynaydi. Konvolidatsiya orqali dastlab muammoli boʻlgan bitimlar qonuniy kuchga kiritilishi va ularning huquqiy oqibatlari tan olinishi mumkin.

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?

Fuqarolik huquqida restitutsiya

Culpa in Contrahendo Doktrinasi

Kreditorlar huquqlarini himoya qilish usullari: ex ante va ex post control

Fuqarolik huquqida sinallagmatik shartnomalar

Fuqarolik huquqida eviksiya

Umumiy mulk