Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bunday holatda aliment undiruvchi fuqarolik sudiga aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilib sud buyrug‘i chiqartirishi kerak.

Fuqarolik prosessual kodeksining 171-moddasiga ko‘ra voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risida arz qilinganda sud buyrug‘i berilishi ko‘rsatilgan.

Fuqarolik prosessual kodeksining 170-moddasida sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga egaligi belgilangan. Sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv buyruq berilganidan keyin o‘n kunlik muddat o‘tgandan keyin va sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shuingdek ushbu moddada aliment undirish to‘g‘risidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Oila kodeksining 104-moddasiga muvofiq aliment O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi.

Agar davlat ijrochisida qarzdorning Koreya Respublikasidagi daromadlari haqida ma’lumot bo‘lsa, aliment miqdori o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

Agar bunday ma’lumot bo‘lmasa, aliment undiruvchi davlat ijrochisidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida qarzdorning haqiqiy daromadlarini aniqlashni va aliment miqdorini ushbu daromadlardan kelib chiqib belgilashni talab qilish mumkin.

Bunda davlat ijrosichi xalqaro shartnoma asosida tegishli tartibda qarzdorning daromadlari to‘g‘risida ma’lumot olish uchun xalqaro shartnomani imzolagan ikkinchi davlat (misol uchun Janubiy Koreya) vakolatli organlaridan ma’lumot olishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma bilan (Seul, 2012 yil 20 sentyabr) har ikki davlatning bir-birlariga o‘zaro huquqiy yordam berish tartibi belgilangan.

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?

Shariy nikohdagi xotin umumiy mol-mulkdan hech narsa ololmaydimi?