Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 3-ilovasi transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlarni belgilaydi. Ushbu ilovaning 3-bandida tashqi yoritqishlarning texnik holati bo‘yicha shartlarni belgailagan.

Jumladan:

Tasnif
1tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa;
2yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa;
3agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo‘lsa;
4yoritish asboblarida nur sochuvchisi bo‘lmasa yoxud tegishli yorug‘lik asboblari turiga mos bo‘lmagan nur sochuvchi va ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ko‘zda tutilmagan lampalardan foydalanilgan bo‘lsa;
5rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalarni o‘rnatilishi, ularning mahkamlanishi va yorug‘lik ishoraning ko‘rinishi belgilangan talablarga javob bermasa;
6old qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa;
7orqa qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli orqaga harakatlanish, oq rangdan boshqa ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarini yorituvchi chiroqlar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq, qizil rangdan boshqa rangli tashqi yoritgichlar, qizil rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa;
8yon qismida — sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli yoritgichlar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa ushbu transport vositasidan foydalanish ta’qiqlanadi.

E’tibor bering! Bunda ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi foydalanishda bo‘lgan transport vositalarining tashqi yoritgichlarini o‘rnatishga ruxsat etiladi. Har qanday tashqi yoritgichlar (burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq, avariya ishorasi chiroqlaridan tashqari) miltillamasligi kerak.

Endi qarang! Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasiga muvofiq, tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish:

  • bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish

  • ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izoh:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son  Farmoniga ko‘ra 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab BHM 375 000 so‘m etib belgilangan.

Kimlar transport vositasini boshqara olmaydi?

Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin

Qaysi kasalliklar uchun xavfsizlik kamarida imtiyoz mavjud?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?