Mehnat munosabatlarining subyektlari (yoki MK 19-moddasi sharhi)

Ushbu modda mehnat munosabatlarida ikki asosiy qatnashuvchi – xodim va ish beruvchining kimlar ekanligi va qanday shart-sharoitlarda mehnat munosabatlariga kirishishi mumkinligi haqida qoidalarni belgilaydi.

Ushbu norma dastlab kimlar xodim maqomida ish beruvchi bilan mehnat munosabatlariga kirishishi mumkinligiga oid meyorlarni belgilaydi. Boshqacha aytganda huquqiy layoqat shartlari aniqlanadi. Unga koʻra:

  • Mehnatga oid huquq layoqati ega;
  • Muomala layoqati mavjud;
  • Kodeksda belgilangan yoshga yetgan (MK 20-moddasi boʻyicha 16 yosh);
  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqarosiz shaxslar xodim sifatida mehnat munosabatlariga kirishishi mumkin.

Shuningdek, ushbu norma ish beruvchilarning turlarini belgilaydi.

Yuridik Shaxslar Tashkilotlar (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar)
Tashkilotlarning filiallari va vakolatxonalari
Alohida tarkibiy boʻlinmalar
Jismoniy Shaxslar (quyidagi uchta asosiy holda ish beruvchi boʻlishlari mumkin)Yakka tartibdagi tadbirkorlarYuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchilar (oilaviy tadbirkorlik)
Davlat roʻyxatidan oʻtgan yakka tadbirkorlar (YaTT)
Uy xoʻjaligini boshqaruvchilarUy xizmatchilarini yollash orqali oʻziga xizmat koʻrsatish (enagalik xizmatidan foydalanish)
Uy xoʻjaligini yuritishda yordam olish maqsadida xodimlar jalb etish (bogʻbonni yollash)
Maxsus kasbiy faoliyat yurituvchilarQonun boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi va litsenziyalanishi kerak boʻlgan kasb sohiblari
Kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun xodimlar bilan mehnat munosabatlariga kirishuvchilar

Ushbu norma mehnat munosabatlarining demokratik va ochiq tamoyillarini belgilaydi. U har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga, ularning mulk shakli va faoliyat sohasi qanday boʻlmasin, qonuniy asoslarda xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzish imkonini beradi.

Mehnat qonunchiligida mansabdor shaxsning moddiy javobgarligi qanday?

FHSHni mehnat shartnomasi deb topish asoslari

Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi?

Noqonuniy ishdan bo’shatishning huquqiy oqibatlari

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?