Skip to main content

Moddiy yordam summasi soliqdan ozod qilinadi

Milliy soliq qonunchiligi jismoniy shaxslarning turli xildagi daromadlarini soliqdan ozod qilishga oid imtiyozlarni belgilaydi. Xususan, Soliq kodeksining 378-moddasida soliq solinmaydigan daromadlar toifalari nazarda tutilgan.

Ulardan biri moddiy yordam summalari sanaladi. Ushbu normaning birinchi qismi 1-bandida moddiy yordamning 2 toifasi uchun imtiyoz taqdim etiladi.

Birinchisi xodim vafot etsa, uning oila aʼzolariga yoki xodimning oila aʼzosi vafot etgan taqdirda, xodimga berilgan moddiy yordam summalaridan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha boʻlgan qismiga soliq solinmaydi.

Ikkinchisi Soliq kodeksining 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda berilgan moddiy yordam summalari ham soliq davri uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha boʻlgan qismi soliqdan ozod qilinadi.

Kelinglar ularning birini aniq misollar yordamini koʻrib chiqamiz.

1. Vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari:

Soliq kodeksining 378-moddasining birinchi bandiga koʻra, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha boʻlgan summasi moddiy yordam sifatida berilgan taqdirda, bu summa soliqdan ozod qilinadi.

Misol:

Hozirda MHEKM 1 155 000 soʻm ekaligini hisobga olsak, uning 4,22 baravari:

1 155 000 × 4.22 = 4 872 100 soʻm

Demak, vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etgan xodimga beriladigan moddiy yordam summasining 4 872 100 soʻmgacha boʻlgan qismidan soliq olinmaydi. Agar xodimning oila aʼzolariga 5 000 000 soʻm moddiy yordam berilsa, 4 872 100 soʻm soliqdan ozod qilinadi, qolgan 127 900 soʻm esa soliq solinadigan daromad hisoblanadi.

2. Soliq kodeksining 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda beriladigan moddiy yordam summalari:

Soliq kodeksining 377-moddasida koʻrsatilgan hollarda (masalan, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha boʻlgan qismi), bu yordam summalari ham soliqdan ozod qilinadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar bilan quyidagi havolada tanishib chiqishingiz mumkin.

Misol:

Agar mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1 155 000 soʻm boʻlsa, 4,22 baravari:

1 155 000 × 4.22 = 4 872 100 soʻm

Bu summa soliqdan ozod qilinadi. Agar yil davomida xodimga jami 6 000 000 soʻm moddiy yordam berilgan boʻlsa, 4 872 100 soʻm soliqdan ozod qilinadi, qolgan 1 127 900 soʻm esa soliq solinadigan daromad hisoblanadi.

Eslatma:

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi mumkin, shuning uchun aniq hisob-kitoblar uchun amaldagi MHEKMni hisobga olish lozim.

Ushbu imtiyozlar xodimlar va ularning oila aʼzolariga ogʻir hayotiy vaziyatlarda moddiy yordam koʻrsatish maqsadida berilgan mablagʻlarning maʼlum qismini soliqdan ozod qilishni nazarda tutadi.

Categories: Soliq huquqi