Multi radar va ko‘chma radarlardan kelgan jarimani to‘lashga shoshilmang

Hozirgi kunda mamlakatimizda zamon talabi bilan avtomobillar ko‘paydi. Uning natijasida davlat tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar va talablar buzilishi tabiiydir. Hozirda juda ko‘plab nizolar tezlikni oshirganlik va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlaydigan ko‘chma radar hamda mobil kompleks (multi radar)lardan tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan jarimalar bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Xo‘sh, YPX xodimi yuqoridagi qurilmalar yordamida aniqlangan huquqbuzarliklarni qanday rasmiylashtirish kerak?

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31-32-bandiga ko‘ra quyidagi talablar mavjud:

  1. Moslamalarning ko‘rsatkichi (tezlikni oshirganlik fakti) bilan haydovchini tanishtirishi;
  2.  Haydovchining talabi bilan moslamaning sertifikatini (nusxasi) ko‘rsatishi; (sertifikati bo‘lishi lozim)
  3. Huquqbuzarlik Patrul avtomobilida aniqlanganligi;
  4. Belgilangan dislokatsiyada belgilangan joyda o‘rnatilganligi.

Yuqoridagi qonun normalariga rioya qilmay rasmiylashtirilgan jarimalarni sud orqali bekor qilish imkoningiz bor, to‘lashga shoshilmang!

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?