O‘rindoshlarga ta’til puli berilmaydimi?

Ta’til olish xodimning huquqi va ish beruvchining majburiyati. Biroq xodim ta’til muddati kelganda uni olishi shart. Mehnat kodeksi 216-moddasiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Aynan mana shu qoidaga ko‘ra xodimlar ta’til olishi kerak.

Shunda ekan o‘rindoshlikda ishlagan o‘qituvchilar ham ham ta’tilga chiqishga haqli.

Lekin Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida Nizom 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash:

  • ketma-ket ikki oydan ortiq bo‘lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodimlarning o‘rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to‘lashda;
  • boshqa muassasalardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to‘lashda;
  • o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.

Shunday ekan, o‘rindoshlarga maktabda dars soatbay haq to‘lash asosida biriktiriladi.

Soatbaylarga haq to‘lashda esa, O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida qarorga (ro‘yxat raqami 3157) muvofiq umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri Mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq to‘lanadi.

Bunda soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilgan. Aynan shu qoidaga ko‘ra o‘rindoshlik asosida o‘tilgan darslar uchun o‘qituvchilarga ta’til puli berilmaydi.

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…