O‘rindoshlikda faqat 0.5 stavka ishlash mumkin

Xodim asosiy ish joyidagi ishidan bo‘sh vaqtida boshqa tashkilotda ishlashi mumkin. Va bunda uning maksimal ish hajmi 0.5 stavkadan oshib ketishi mumkin bo‘lmaydi.

Bu qoida xodim asosiy ish joyida qancha stavkada ishlashidan qat’iy nazar amal qiladigan qoida hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 432-moddasi hamda O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-bandida xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi o‘rindoshlik asosida ishlash ekanligi belgilangan.

Mazkur qoida bo‘yicha xodim asosiy ishni bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtidagina o‘rindoshlikda ishlashingiz mumkin.

Bunda asosiy ishdan bo‘sh vaqt xodimning o‘zining asosiy mehnat faoliyatini olib borayotgan tashkilotida o‘rnatilgan ish vaqtidan bo‘sh vaqt nazarda tutiladi.

Ma’lumki, Mehnat kodeksining 182-moddasida xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasida haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emasligi mustahkamlangan. Boshqacha aytganda to‘liq stavkada ishlaydigan xodim haftasiga 40 soat ishlaydi.

Bunda ushbu kodeks 185-moddasiga binoan har kungi ishning (smenaning) davomiyligi o‘ziga nisbatan ish vaqtining normal davomiyligi belgilangan xodimlar uchun:

  • olti kunlik ish haftasida — yetti soatdan;
  • besh kunlik ish haftasida — sakkiz soatdan ortib ketishi mumkin bo‘lmaydi.

Demak, 1 stavka ishlaydigan xodim 6 kunlik ish haftasi o‘rnatilgan korxonada ishlasa va uning ish vaqti soat 8.30da boshlansa, u 16.30dan so‘ng asosiy ishidan bo‘sh hisoblanadi. Shunga ko‘ra bu xodim o‘rindoshlik asosida boshqa tashkilotda 16.30dan so‘ng ishlashi mumkin bo‘ladi.

Ushbu kodeks 437-moddasiga muvofiq o‘rindoshlik asosida ishlash chog‘ida o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Shunga ko‘ra o‘rindosh jami 0.5 stavka ishlashi mumkin xolos.

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati

Fuqarolik-huquqiy shartnomalari mehnat shartnomasi deb tan olinadi

Ishdan bo‘shatish nafaqasi va ishsizlik nafaqasi o‘rtasida farq bor