Skip to main content

Pasportni yoʻqolganda nima qilish lozim?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida”gi nizomning 11-bandiga koʻra, pasport yoʻqotib qoʻyilganda Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilish lozim.

Bu yerda shaxs pasporti yoʻqolganligi haqida ariza yozishi kerak bo’ladi. Pasport yo’qolganligi haqida ariza berilgan kundan boshlab 1 oy ichida yangi pasport belgilangan tartibda beriladi.

Shuningdek, pasportni yoʻqotib qoʻyganlik uchun jarima ham belgilangan boʻlib, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 223-moddasiga koʻra, identifikatsiyalovchi ID-kartasini (O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini) qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, —

  • ➖bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shunday ekan, oʻz shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni ehtiyotkorona saqlashingiz va kelib chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni oldini olishni maslahat qilamiz!

Categories: Blog