Fuqarolik kodeksida majburiyatni bajarmaganlik uchun neustoyka undirish belgilab qo‘yilgan.
Neustoyka ikki xil:
- jarima;
- penya shaklida namoyon bo‘ladi.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya deyiladi.
Penyani hisoblash chiqish va undirish vaqti ma’lum muddat bilan chegaralangan bo‘lishi mumkin. Penya ma’lum summada (qat’iy summada) yoki kechiktirilgan majburiyatning bahosiga nisbatan foiz bilan hisoblangan miqdorlarda bo‘ladi.
Penya to‘lash soliq va soliqdan tashqari to‘lovlarni kechiktirganda, tovarlar haqini to‘lash, ishni bajarish, (masalan pudratchi tomonidan ishni topshirish kechiktirilganda), xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitob va boshqa moliyaviy munosabatlarda keng doirada qo‘llanadi.
Masalan, agar sotib oluvchi topshirilgan tovar haqini to‘lanishi lozim bo‘lgan kundan boshlab sotib oluvchi tovar haqini to‘lagan kungacha foizlar to‘lanishi lozim (FKning 421-moddasi 4-qismi).
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonunga binoan, tovarlarni yetkazib berish kechiktirilganda, penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘laydi.
FKning 326-moddasiga muvofiq quyidagi holatlarda sud neustoyka miqdorini pasaytirishi mumkin:
- agar to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka kreditorning majburiyatini buzish oqibatlariga nomutanosibligi ko‘rinib tursa;
- qarzdor majburiyatni qay darajada bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli, shuningdek kreditorning manfaatlari e’tiborga olgan holda.
Bundan tashqari, sud alohida hollarda qarzdor va kreditorning manfaatlarini hisobga olib, kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoykani kamaytirish huquqiga ega.
Penya undirish bo‘yicha fuqarolik yoki iqtisodiy sudlarga da’vo ariza bilan murojaat qilsa bo‘ladi. Bunda, penya undirish bo‘yicha sudlarga murojaat qilishda quyidagi davlat boji to‘lanadi: