O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018-yildagi 408-sonli Qarori ga tegishli tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, ushbu Qarorning 24-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilib, quyidagi tartib belgilandi:
O‘quv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha bitiruvchilardan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorni to‘g‘ri transpartirovka qilish ko‘nikmalari yuzasidan amaliy imtihonlar qabul qilinadi;
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy imtihonlarning mezonlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.