Skip to main content

“Qandli diabet” ga chalingan shaxslar ayrim doiri vositalari bilan bepul ta’minlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.01.2022-yildagi PQ-102-son Qaroriga asosan, aholiga endokrinologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirildi hamda ushbu qarorga muvofiq quyidagi tartib belgilab berildi:

  1. 25 yoshgacha bo‘lgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan bemorlar analogli insulin hamda o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqchalari) bilan;
  2. Qandsiz diabet bilan kasallangan bemorlar, somatotrop yetishmovchilik bilan kasallangan bolalar hayotiy zarur maxsus dori vositalari (desmopressin va o‘sish gormoni) bilan;
  3. 25 yoshdan oshgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan insulinga muhtoj, shuningdek, qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan bemorlar odam insulini bilan;
  4. Qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan hamda ehtiyojmand sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan bemorlar metformin dori vositasi bilan bepul ta’minlanadi;