Kimnidir rasmini tarqatishdan oldin o‘ylab ko‘ring

Hozir ijtimoiy tarmoqlar orqalida har kuni minglab ma’lumotlar tarqatiladi. Ularning ko‘pchiligi shaxslar bilan bog‘liq. Kimdir kimnidir shaxsiy rasmlari, turli xil videolarini tarqatib yuboradi. Bunga esa asosan bloggerlar yordam beradi.

Biroq shu vaziyatda videoda shaxsning huquqlari buziladi. Ya’ni bunda o‘sha shaxsga doir ma’lumotlar uning ruxsatisiz tarqatiladi.

Shaxsga doir ma’lumot deganda muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot tushuniladi.

Bu ma’lumotlar qatoriga shaxsiy ism-sharifi, yashash yoki ish joyi, uning tasviri, shuningdek u sir saqlanishidan manfaatdor bo‘lgan ma’lumotlar kiradi.

Bunday ma’lumotlarni tarqatgan har qanday shaxs esa javobgarlikka tortiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 46-2-moddasida shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish,

  • fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining* uch baravaridan besh baravarigacha;
  • mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Agar ushbu harakatlar ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgandan so‘ng 1 yil ichida takrorlansa, unda jinoiy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.

Izoh:

* 2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?

PPX xodimlari qanday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy bayonnoma tuzishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan suv tarmog‘iga ulanib olganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

Notcoin sotishga javobgarlik bormi?

Tamakini faqatgina jamoat joyida chekmaslik kerakmi?