Bugungi mavzuyimiz zamonaviy texnologiyalarning eng dolzarb va innovatsion sohalaridan biri – smart kontraktlar haqida boʻladi. Ushbu texnologiya blockchain va decentralizatsiya tizimlarining muhim qismi boʻlib, raqamli munosabatlarni yangi sifat darajasiga koʻtarmoqda.
Smart kontrakt – bu blockchain platforma asosida oʻzini oʻzi bajaradigan dasturiy kod boʻlib, ikki yoki undan ortiq tomonlar oʻrtasidagi shartnomaning shartlarini avtomatik ravishda amalga oshiradi. Klassik shartnomalardan farqli oʻlaroq, smart kontrakt hech qanday vositachi yoki operatorning qatnashisisiz toʻgʻridan-toʻgʻri bajariladi.
Oddiy qilib aytganda, smart kontrakt – bu elektron shartnoma boʻlib, uning shartlari oldindan aniq dasturiy kod shaklida yozilgan va blockchain tarmogʻida saqlanadi. Agar belgilangan shart-sharoitlar bajarilsa, kontrakt darhol va hech qanday muddatga toʻsqinlik qilmagan holda oʻz vazifasini bajaradi.
Smart kontraktlar quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
1 | Kontrakt yaratish | Dasturchi maxsus dasturlash tili (masalan, Solidity) yordamida kontraktning barcha shartlarini va mantiqiy qoidalarini yozadi |
2 | Blockchainga joylash | Yozilgan kontrakt blockchain tarmogʻiga (Ethereum kabi) yuklangan boʻladi va u yerda barcha ishtirokchilar koʻrishi mumkin boʻladi |
3 | Shartlarni bajarish | Belgilangan shart-sharoitlar bajarilganda, smart kontrakt darhol va avtomatik ravishda oʻz vazifasini bajaradi |
Smart kontraktlar blockchain texnologiyasining “aqlli qismi” hisoblanadi. Smart kontraktlar – bu faqatgina texnologik yengillik emas, balki yangi iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning tamoyil va mexanizmi sanaladi. Smart kontraktlarning bir nechta muhim texnologik xususiyatlari mavjud:
- Oʻzgarmas kod: Kontrakt yaratilgandan soʻng, uning kodi oʻzgartirilishi mumkin emas.
- Desentralizatsiya: Hech qanday markaziy boshqaruv organi yoʻq.
- Shaffoflik: Barcha operatsiyalar hammaga ochiq.
- Xavfsizlik: Kriptografik himoya va blockchain texnologiyasi tufayli yuqori xavfsizlik darajasi.
Smart kontraktlar blockchain texnologiyasining eng muhim va innovatsion qismlaridan biri hisoblanadi. Ular blockchain tizimining quyidagi asosiy xususiyatlarini taʼminlaydi:
- Decentralizatsiya. Smart kontraktlar markazlashgan boshqaruvni yoʻq qiladi. Hech qanday organ yoki shaxs kontraktni toʻliq nazorat qila olmaydi. Har bir ishtirokchi teng huquqli va ochiq tizimda qatnasha oladi.
- Ishonchli tranzaksiyalar. Smart kontraktlar blockchain tizimidagi eng ishonchli tranzaksiya mexanizmi hisoblanadi. Hech kim kontraktni oʻzgartira olmaydi. Barcha shartlar oldindan aniq dasturiy kod sifatida belgilanadi.
- Dasturiy interfeyslarni kengaytirish. Turli tizimlar oʻrtasida avtomatik oʻzaro integratsiyani ta’minlaydi. Dasturiy interfeyslarda xavfsizlik va ishonchlilikni oshirishga imkon yaratadi. Yangi texnologik yechimlarni shakllantirishga yordam beradi.
- Tranzaksiya xavfsizligi. Kontraktlarni hech kim oʻzgartira olmaydi. Kriptografik shifrlash va blockchain tarmogʻining tarqalgan tuzilishi hisobiga maksimal xavfsizlik ta’minlanadi. Aldash va buzish imkoniyatlarini minimal darajaga keltirib qoʻyiladi.
Endilikda klassik shartnomalar va smart kontraktlar oʻrtasidagi farqlarni quyidagi jadval orqali solishtirib chiqamiz.
№ | Farqli jihatlar | Klassik shartnomalar | Smart kontraktlar |
---|---|---|---|
1 | Bajarish mexanizmi | qogʻoz shaklida imzolanadi, bajarilishi uchun koʻplab vositachilar (advokat, notаrius, bank, davlat organlari) kerak boʻladi. | dasturiy kod sifatida blockchain tizimida avtomatik ravishda bajariladi, hech qanday qoʻshimcha vositachilar kerak emas |
2 | Ishonchlilik va xavfsizlik | odamlar tomonidan bajariladi, shuning uchun xatoga yoʻl qoʻyish, aldash yoki buzish mumkin | kriptografik algoritmlar va blockchain texnologiyasi tufayli maksimal darajada xavfsiz va oʻzgarmas |
3 | Bajarish tezligi | bajarish jarayoni uzoq davom etadi (kunlar, hatto oylar) | darhol va bir necha soniya ichida bajariladi |
4 | Xarajatlar | vositachilar uchun yuqori xarajatlar (advokat, notаrius, bank komissiyalari) | vositachilarni oʻchirib tashlash hisobiga minimal xarajatlar, |