Soliq deklaratsiyasi nima va qachon deklaratsiya topshiriladi?

Soliq deklaratsiyasi topishingiz kerak, deklaratsiya asosida soliq to‘lash talab etiladi va shu kabi gaplarni ko‘p eshitamiz. Lekin ushbu tushunchaning mazmuni, nima uchun topshirilishi haqida qiziqib ko‘rganlar kam bo‘lsa kerak.

Daromadlar, xarajatlar va boshqa tegishli moliyaviy ma’lumotlar to’g’risida hisobot beruvchi soliq organiga taqdim etilgan hujjat – soliq deklaratsiyasi deb ataladi. Boshqacha aytganda, soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning soliq agentlari tomonidan ushlab qolinmagan soliq solinadigan daromadlari, shuningdek ortiqcha to‘langan yoki soliq imtiyozlari qo‘llanilishi natijasida soliqlarni qaytarib olish haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjat shaklidir.

Odatiy holatda soliq to‘lovchi jismoniy shaxs biror tashkilotda mehnat yoki fuqarolik shartnomalari asosida faoliyat yuritsa, shu tashkilot Soliq kodeksining 386-moddasi qoidalari asosida soliq agenti sifatida shu jismoniy shaxsning daromadidan soliqlarni hisoblab chiqadi va ushlab qoladi.

Bunday holatda jismoniy shaxs daromadlari haqida deklaratsiya topshirmaydi. Uning daromadidan soliqlar soliq agentining taqdim etgan ma’lumotlari asosida ushlanadi.

Biroq Soliq kodeksining 393-moddasiga muvofiq quyidagi holatlarda jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga deklaratsiya asosida soliq solinadi:

  • mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
  • ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
  • moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
  • soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
  • 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;
  • soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

Misol uchun A ismli jismoniy shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan noturar joyni yoki o‘ziga mulk huquqi asosida o‘tgani 3 yil bo‘lmagan turar joyini sotsa, undan olgan daromadlari haqida soliq organiga deklaratsiya topshirishi talab etiladi. Bunda A ismli shaxsga soliq shu dekloratsiya ma’lumoti asosida hisoblanadi.

Shuningdek, jismoniy shaxs soliq imtiyozlari asosida ortiqcha to‘lagan soliq summalarini qaytarib olish bo‘yicha ham soliq deklaratsiyasi taqdim etishi talab etiladi. Shunda soliq organi mazkur deklaratsiya asosida ortiqcha to‘langan summalarni qaytarishi mumkin bo‘ladi.

Aytaylik, A ismli shaxs farzandining kontrakti uchun oylik ish haqidan to‘lovlarni o‘tkazganda, unga Soliq kodeksining 378-moddasi bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi. Agar A ismli shaxs oylik olgandan so‘ng kontrakt uchun to‘lovni o‘tkazsa, yuqoridagi qoida bo‘yicha soliq deklaratsiyasi topshirish asosida soliqlarni qaytarib olishga haqli bo‘ladi.

Hozirda soliq deklaratsiyasini my.soliq.uz platformasi orqali elektron shaklda topshirish mumkin.

Kameral va sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Qishloq xo’jaligida soliq to’g’risidagi qonunchilik talablari soddalashtirilmoqda

Ayrim tadirkorlik subyektlariga foyda va aylanmadan olnadigan soliqlar uchun imtiyozlar bor

Ekoturizm tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi qo‘llaniladi

2024-yil 1-iyuldan qanday soliq imtiyozlari bekor bo’ldi?

Maxsus iqtisodiy zonalarga investisiya kiritgan investorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozi mavjud

Soliq tekshiruvlarida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qarorini bekor qilish tartibi qanday?

Qachon hadya qiluvchi daromad solig‘i to‘laydi?