Soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish mumkinmi?

Soliq to‘lash muddatini keyinroq muddatga qarz summasiga foizlar hisoblangan holda ko‘chirish soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish deyiladi.

Bu ikki xil shaklda amalga oshiriladi:

1. soliq to‘lash muddatini kechiktirish;
2. soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash.

Soliq to‘lashni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 1 yildan oshmagan muddatga beriladi.

Bunda manfaatdor shaxs (yuridik va jismoniy shaxs) bu imkoniyatdan foydalanish uchun ariza berishi mumkin.

Soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati uchun Soliq kodeksining 100-moddasiga ko‘ra quyidagilar shartlar mavjud:

  • Shaxs tabiiy ofat, texnologik falokat natijasida zarar ko‘rganligi;
  • To‘lovga qobilaysizlik alomatlari paydo bo‘lish xavfi;
  • Shaxs oxirgi 3 yilda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi;
  • Jismoniy shaxsning mulkiy holati soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyati bermasa;
  • To‘lovga qobilaysizlik ish bo‘yicha sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv joriy etilgan bo‘lsa va boshqa holatlar.

Kameral va sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Qishloq xo’jaligida soliq to’g’risidagi qonunchilik talablari soddalashtirilmoqda

Ayrim tadirkorlik subyektlariga foyda va aylanmadan olnadigan soliqlar uchun imtiyozlar bor

Ekoturizm tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi qo‘llaniladi

2024-yil 1-iyuldan qanday soliq imtiyozlari bekor bo’ldi?

Maxsus iqtisodiy zonalarga investisiya kiritgan investorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozi mavjud

Soliq tekshiruvlarida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qarorini bekor qilish tartibi qanday?

Qachon hadya qiluvchi daromad solig‘i to‘laydi?