Agar shaxs uyni boshqa bir shaxsga ijaraga bersa, undan keladigan daromad (ijara haqi) soliq solinadigan daromad toifasiga kiradi.
Bunda Soliq kodeksining 375-moddasiga binoan soliq to‘lovchining mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari mulkiy daromadlar toifasiga kiradi va u jami doramad hisobiga qo‘shilib, daromad solig‘ini solish obyekti sanaladi.
Bunda Soliq kodeksining 381-moddasiga asosan ijara haqidan 12 foiz soliq undiriladi.
Agar shaxs uyini talabaga ijaraga bersa, unda ijaraga beruvchi soliqdan ozod qilinadi.
Soliq kodeksining 378-moddasi 19-bandiga ko‘ra soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq to‘lovchilarning daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Bunda talaba Fuqarolik kodeksining 600-moddasiga asosan ijaraga beruvchi bilan uy-joy ijarasi shartnomasini tuzishi talab etiladi. Mazkur shartnomasi Fuqarolik kodeksining 603-moddasiga binoan davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.