Mashina old oynasini necha foizgacha qoraytirish mumkin?

Amaldagi Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.4-bandiga muvofiq, barcha transport vositasining old, yon oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lsa, transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasiga ko‘ra, texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, —

  • bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Demak, siz ruxsatnoma olganingizdan keyin mashinangizning old va old yon oynasini 30 foizgacha qoraytirishingiz mumkin.

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Kimlar transport vositasini boshqara olmaydi?

Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin

Qaysi kasalliklar uchun xavfsizlik kamarida imtiyoz mavjud?

Sariqda harakatlanganlik uchun javobgarlik bormi ?

Tormoz berganga ham jarima bormi?