Yo‘l transporti hodisasining oldini olish zarurati bo‘lmagan hollarda keskin tormoz berish ta’qiqlanadi.
Bunday holat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi 2-qismiga muvofiq avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi:
- bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh:
2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.