Uyiga quyosh paneli o‘rnatgan shaxslarga soliq imtiyozi qo‘llaniladimi?

Soliq kodeksining 421-moddasida jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘iga nisbatan imtiyozlar belgilangan.

Ushbu moddaning birinchi qism 4-bandiga ko‘ra energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Shuningdek, ushbu kodeksining 436-moddasida jismoniy shaxslarga tegishli yer uchatkalariga nisbatan soliq imtiyozlari qayd etilgan.

Ushbu moddaning birinchi qismi 7-bandiga asosan energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz bu imtiyoz qo‘llanilishi quyosh paneli o‘rnatilgandan keyin mol-mulk egasi uy-joyni energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzishi talab etiladi.

Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida taqdim etiladi.

Yuqoridagi qoidalarga ko‘ra quyosh paneli o‘rnatgan fuqaro uyini boshqa energiya (elektr energiya va tabiiygaz, issiqlik ta’minoti) manbalaridan to‘liq uzgan bo‘lsa, yuqoridagi imtiyozdan foydalanishga haqli.

Kameral va sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Qishloq xo’jaligida soliq to’g’risidagi qonunchilik talablari soddalashtirilmoqda

Ayrim tadirkorlik subyektlariga foyda va aylanmadan olnadigan soliqlar uchun imtiyozlar bor

Ekoturizm tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi qo‘llaniladi

2024-yil 1-iyuldan qanday soliq imtiyozlari bekor bo’ldi?

Maxsus iqtisodiy zonalarga investisiya kiritgan investorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozi mavjud

Soliq tekshiruvlarida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qarorini bekor qilish tartibi qanday?

Qachon hadya qiluvchi daromad solig‘i to‘laydi?