Ma’lumki, Maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish to‘g‘risida» gi Qonuning 1-ilovasiga muvofiq lisenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi hisoblanadi.
Hozirda ushbu lisenziyani oilish uchun qonunchilik tomonidan qanday talablar qo‘yilganiga e’tibor qaratamiz. Vazirlar Mahkamasining 80-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 2-ilovasiga ko‘ra quyidagi lisenziya talablarini bajargan shaxslar xususiy maktabgacha ta’lim muassasalarini ochishlari mumkin. Bu talablar quyidagi jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin.
Shuningdek, Maktabgacha ta’lim muassasasi ochish uchun lisenziya oilish istagida ariza yuborsangiz sizdan 680 ming so‘m yig‘im hamda 3 mln 400 ming so‘m davlat boji to‘lashingiz talab etiladi.
Eslatama: Hozirgi kunda ortiqcha buyrokratiyani oldini olish maqsadida lisenziya olish uchun barcha arizalar license.gov.uz elektron platformasi orqali qabul qilinmoqda.