Kadastiri bo‘lmagan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Hech qanday huquq va tegishli hujjatlari bo‘lmagan yerdan foydalanish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismiga muvofiq yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish:

  • fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari;
  • mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qoidaning mazmuniga ko‘ra, shaxs yer uchatkasiga huquqi (mulk huquqi, ijara, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy foydalanish va egalik qilish va boshqa) mavjud bo‘lmay turib, ma’lum yer uchatkasini egallab olsa, undan foydalansa, yuqoridagi javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.

Mazkur moddaning uchinchi qismiga muvofiq, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

  • fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;
  • mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

E’tibor bering! Yer uchasklarini egallab olgan, shu jumladan, qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalangan shaxs ushbu huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etsa va ushbu yer uchastkasini qaytarilishini ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Izoh:

2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?

PPX xodimlari qanday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy bayonnoma tuzishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan suv tarmog‘iga ulanib olganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

Notcoin sotishga javobgarlik bormi?

Tamakini faqatgina jamoat joyida chekmaslik kerakmi?