
Yo’l harakati xavfsizligi: Yangi qonun nimalarga o’zgartirish kiritdi?
Yangi qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik kodeksiga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Bu o‘zgarishlar yo‘llardagi tartibni mustahkamlash va harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Aziz vatandoshlar, yo’llardagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida muhim qonun qabul qilindi. Keling, uning mohiyatini sodda tilda tushuntirib beramiz.
🔍 Asosiy yangiliklar nimalarda?
1️⃣ Ball tizimi joriy etildi
- ◾️ Har bir yo’l qoidasi buzilganda 2 ballgacha jarima ball beriladi
- ◾️ Bir yil davomida 12 balldan oshsa – haydovchilik guvohnomasi olib qo’yiladi
- ◾️ Huquqdan mahrum qilish muddati kamida 6 oy
2️⃣ Qaysi holatlar endi jinoyat hisoblanadi?
- 🚗 Mast holda transport haydash
- 🔧 Raqamlarni qalbakilashtirish
- ⛔️ Guvohnomadan mahrum bo’lgan holda haydash
- 🎓 Haydovchilarni noqonuniy o’qitish
- ⚠️ Gaz uskunalaridan xavfli foydalanish
💡 Muhim eslatmalar:
- ◾️ Ball tizimi avtomatik ishlaydi
- ◾️ Ballar bir yildan keyin avtomatik ravishda o’chiriladi
- ◾️ Haydovchilik huquqidan mahrum qilinganlar jarima to’lash bilan qutula olmaydi
🚫 Ma’muriy javobgarlik belgilangan holatlar:
- ◾️ Odam tashish qoidalarini buzish
- ◾️ Xavfli quvib o’tish
- ◾️ Yo’l bezoriligi
- ◾️ Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining obro’sini tushiruvchi foto-video tarqatish
⚡️ Xulosa
Bu qonun yo’llardagi tartib-intizomni kuchaytiradi. Eng muhimi – o’z jonimiz va boshqalarning hayotini saqlash uchun qoidalarga rioya qilaylik!
🔰 Qonun raqami: O’RQ-1033-son 📅 Qabul qilingan sana: 20.02.2025
Categories:
Transport