Bolani ovqatlantirishga tanaffus beriladi

Mehnat kodeksining 407-moddasiga asosan ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi.

Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi.

Ikki yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi.

Shunday ekan imtiyoz xodimning bolasi 2 yoshga to‘lguncha beriladi. Bunday holatda ikki yoshga to‘lmagan bola otasining yoki onasining (vasiysining) xohishiga ko‘ra bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga qo‘shib berilishi yoxud ish kunining (smenaning) tegishincha qisqartirilgan holda boshiga yoki oxiriga ko‘chirilishi, shu jumladan jamlangan holda ko‘chirilishi mumkin.

Imtiyozdan foydalanish uchun xodim ish beruvchiga ariza taqdim etishi kifoya. Ish beruvchi ushbu arizani qanoatlantirishi kerak bo‘ladi.

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati

Fuqarolik-huquqiy shartnomalari mehnat shartnomasi deb tan olinadi

Ishdan bo‘shatish nafaqasi va ishsizlik nafaqasi o‘rtasida farq bor