Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Albatta, bolalarning huquqlari konstitutsiyaviy darajada himoyalangan, jumladan, uning XIV bobi Oila, bolalar va yoshlarga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qarori qabul qilingan bo‘lib, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya normalari qonunchiligmizga keng tadbiq etilgan.

Shunga ko‘ra, farzandlikka olish sirini oshkor qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoyat hisoblanib, Jinoyat kodeksining 125-moddasiga muvofiq, farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qo‘riqlanadigan sirini oshkor qilish —

  • bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima;
  • yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari;
  • yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:

a) kasb faoliyati yoki xizmat mavqeyiga ko‘ra farzandlikka olishni sir saqlashi shart bo‘lgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa:
  • bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima;
  • yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari;
  • yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Kimlar farzandlikka olishda ustunlikka ega boʻladilar?

Farzandimni chetga chiqishiga taqiq qoʻysam boʻladimi?

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga oʻzgartirish kiritsa boʻladimi?

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?

Shariy nikohdagi xotin umumiy mol-mulkdan hech narsa ololmaydimi?

Aliment to‘lamagan qamaladimi?

Ko‘p bolali oila