Ma’lumki, milliy qonunchiligimiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish va kichik biznesni rivojlantirish uchun ko’plab imkoniyat taqdim etgan. Shulardan biri Oilaviy korxona hisoblanadi.
Oilaviy korxona (keyingi o‘rinlarda OK) kichik tadbirkorlik subyekti bo’lib, bir oila a’zolari tomonidan umumiy mulklari negizida yoki har bir oila a’zosining shaxsiy mulki negizada tashkil etiladi. “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida” gi qonunga asosan OKga quyidagi o’ziga xosliklarga ega.
1. OK muayyan oila a’zolardan tashkil topadi. OKda biznes uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’zaro ishonch ustuvor bo’ladi. Bu esa biznesni tez va oson rivojlanishiga olib keladi hamda oila a’zolarini hamjihatlikda ishlashlariga imkon beradi.
Shuningdek, OK mehnat shartnomasi asosida xodimlarni ishga yollashi ham mumkin. Bunda ishga olingan xodimlar o’rtacha yillik soniga oid meyorlar amal qiladi.
2. Qonun 4-moddasiga asosan OK tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblanadi. Bu orqali OK tadbirkorlar uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar va boshqa imtiyozlarga ega bo’ladi.
3. OK tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblangani uchun uning faoliyatini tekshirish PQ-374-son Qarorda belgilangan maxsus tartibda, biznes ombudusmanning roziligi asosida amalga oshiriladi.
4. Qonun 28-moddasiga ko’ra OK kommunal infratuzilma obyektlaridan foydalanganligi uchun (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) jismoniy shaxslar bilan bir xil miqdorda to’lov to’laydi. Ularga yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkalar amal qilmaydi.
5. Qonun 16-moddasi ikkinchi qismiga asosan, OK faoliyatini amalga oshirish uchun oilaviy korxonani tashkil qilgan shaxslar (oila a’zolari) o’zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan turar joylarini uchun mo‘ljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi.
Ya’ni, oila a’zolari o’zlarining xonadonlarida ham oilaviy korxonani tashkil qilishlari hamda bir vaqtni o’zida o’sha yerda istiqomat qilib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
6. Qonun 17-moddasi ikkinchi qismiga binoan OK aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirishi mumkin emas.
7. OK faoliyatida quyidagi moddalar, materiallar va asbob-uskunalarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Tadbirkorlikning OK shakli boshqa tadbirkorlik faoliyati shakllaridan tavakkalchilik yuqoriligi bilan ajralib turadi. Qonun 4-moddasi uchinchi va to’rtinchi qismlariga asosan, OK o’z kreditorlari oldidagi majburiyatlariga butun mol-mulki bilan hamda o’zining ishtirokchilari bo’lmish oila a’zolarining umumiy va shaxsiy mulklari bilan javob beradi.
Bu degani, kreditorlar talablarini OKning mol-mulki qondira olmasa, ular talablarini OK ishtirokchilarining shaxsiy (yoki umumiy) mulklariga ham qarata olishadi.