Ma’naviy zarar miqdorini hisoblashda nimalar e’tiborga olinadi?

Ma’lumki, ma’naviy zarar deganda jabrlanuvchiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) oqibatida u boshidan kechirgan (o‘tkazgan) ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy og‘riq, zarar ko‘rish, noqulaylik va boshqa) azoblar tushuniladi.

Ma’naviy zarar miqdorini belgilashda har bir vaziyat inobatga olingani sababli, uning qat’iy miqdorlarini qonun chiqaruvchi aniq belgilab bermaydi. Lekin zarar miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi mezonlar mavjud.  

Xususan, Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra ma’naviy zararning miqdorini belgilashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

  • ma’naviy zarar yetkazilgan shaxsning subyektiv bahosi;
  • yetkazilgan ma’naviy va jismoniy azoblarning darajasini ko‘rsatuvchi obyektiv ma’lumotlar;
  • tajovuz qilingan obyektning hayot uchun muhimligi, foydasi (hayoti, sog‘lig‘i, qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi, uy-joyning daxlsizligi, katta qimmatlikka ega bo‘lgan mulklari va boshqalar);
  • huquqbuzarlikning og‘irligi va oqibati (yaqin qarindoshlarining o‘ldirilishi, nogironlikka olib kelgan tan jarohati yetkazilishi, ozodlikdan mahrum qilish, ishdan yoki turar joydan va boshqalardan mahrum qilish);
  • uyaltiradigan noto‘g‘ri ma’lumotlarning xarakteri va ularni qanchalik darajada (doirada) tarqatilganligi;
  • jabrlanuvchining yashash sharoitlari;
  • jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari (xizmati, oilaviy, maishiy, moddiy tomonlari, sog‘lig‘ining holati, yoshi va boshqalar);
  • zarar yetkazuvchining va jabrlanuvchining ayb darajalari;
  • zarar yetkazuvchi shaxsning moddiy ahvoli va boshqa e’tiborga molik holatlar hisobga olishlari lozim.

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?