Oliy sudda muhim Plenum qarorlari qabul qilindi

Joriy yilning 2024 yilning 25 iyun sanasida O‘zbekistan Respublikasi Oliy sudi Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur Plenum majlisida Oliy sud va quyi sudlar sudyalari, Bosh prokuror, Oliy Majlis deputatlari, Sudyalar oliy kengashi a’zolari, Sudyalar assosiatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirok etishdi hamda mamlakatimizda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sudlarni fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida xalqqa yanada yaqinlashtirish bilan bir qatorda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash hamda sudlar faoliyati samaradorligini oshirish imkonini berganligi qayd etib o‘tildi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan sud-huquq tizimida qat’iyat bilan amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar avvalo fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklarini amalda kafolatli himoyasini ta’minlash orqali ularni sud organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotganligi alohida e’tirof etildi.

Yig‘ilishda Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini taftish tartibida kurib chikishning ayrim masalalari to‘g‘risida”, “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni taftish tartibida ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”, “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini taftish tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida”, “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni taftish tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida”, “Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni taftish tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

Xususan, Plenum qarorida O‘zbekiston Respublikasining “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prosessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023 yil 25 dekabrdagi 888-sonli qonuni bilan iqtisodiy prosessual kodeksining sud hujjatlarini qayta ko‘rish institutiga oid normalariga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa, ishlarni taftish tartibida Iqtisodiy prosessual kodeksi normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash maqsadida Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni taftish tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorini qabul qilishni taqozo etdi. Ushbu qarordagi tushuntirishlar ishlarni taftish instansiyasi sudlarida ko‘rish amaliyotini birxillashtirishga, Iqtisodiy prosessual kodeksining normalarini qo‘llashdagi ayrim tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qilishiga ishonamiz.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, muhokama etilgan Plenum qarorlari jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlarni qonuniy hamda adolatli hal etishda fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga, qonun hujjatlarining sud amaliyotida aniq va bir xilda tatbiq etilishiga, yagona sud amaliyotini shakllantirishga, shuningdek yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini amaliyotda yanada samarali qo‘llanilishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, aynan qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi hamda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish yuzasidan mazkur Plenum qarorlari barcha sudlar hamda ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qo‘llayotgan  boshqa organlar va mansabdor shaxslar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddamiz.

U.Aliyev

Toshkent tumanlararo

iqtisodiy sudining sudyasi

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?

Fuqarolik huquqida restitutsiya

Fuqarolik huquqida konvolidatsiya

Culpa in Contrahendo Doktrinasi

Kreditorlar huquqlarini himoya qilish usullari: ex ante va ex post control

Fuqarolik huquqida sinallagmatik shartnomalar