O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023-yildagi 119-son Qaroriga muvofiq quyidagi kasalliklarga chalingan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bola deb topilgan bolalarning qonuniy vakili parvarishlash nafaqasini olish huquqiga ega.
Parvarishlash nafaqasi qonuniy vakilga u pensiya yoki nafaqa olishidan qat’i nazar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan har bir 18 yoshgacha bolaning parvarishi uchun alohida tayinlanadi.
Shuningdek, Parvarish nafaqasi 2022-yil 1-apreldan to‘lanishni boshlangan bo‘lib, uning miqdori 500 000 so‘mni tashkil qiladi hamda nafaqa tayinlash jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Parvarishlash nafaqasini to‘lash va yetkazib berish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
- Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.
*Qonunchilikka asosan qonuniy vakillar deb ota-onalar, bolani farzandlikka olgan shaxslar, vasiy va homiylar deb hisoblanadi.