Ayrim protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari importi QQSdan ozod qilingan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  27.02.2024-yildagi PQ-88-son Qaroriga asosan, muhtoj shaxslarni ptez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash tizimi yanada takomillashtirildi.

Ushbu Qarorga asosan 2024-yil 1-maydan boshlab protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag‘lar miqdorini bozor konyunkturasidan kelib chiqib o‘rtacha uch baravargacha, ayrim vositalarning turlarini esa o‘n baravargacha oshirildi.

Bundan tashqari 2024-yil 1-maydan boshlab:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida belgilanadi;
  • nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

Ushbu Qarroga muvofiq, ayrim turdagi protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlari Respublikasi hududiga olib kirilishida qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. Ularning batafsil ro‘yxati bilan ushbu jadval orqali tanishib olishingiz mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishida qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlari

RO‘YXATI

T/rProtez moslamalarining texnik vositalari nomiProtez moslamalarining butlovchi va ehtiyot qismlari
        1.        Son proteziAdapter (pastki va yuqori qismlar uchun)
Adapter ushlagich
Tizza tugun moduli
Panja
Vakuumli klapan
Tayanch moduli (quvur-alyuminiy/temir)
Layner (protez uchun g‘ilof)
Uchbandlik tayanch
Kosmetik tashqi qobiq
Boldir-tovon bo‘g‘imi, tayanch moduli
      2.      Boldir proteziTizzatutgich
Panja
Kosmetik tashqi qobiq
Vakuumli klapan
Protez uchun karbon
Boldir-tovon bo‘g‘imi, tayanch moduli
Layner (protez uchun g‘ilof)
        3.        Qo‘l protezlariKaftlar, bilak kaftlar bilan birga
O‘zak
Cho‘ltoq qabul qiluvchi gilza
Tayanch gilza
Tirsak ilmog‘i
Elka ilmog‘i
Kosmetik tashqi qobiq
Qo‘l protezi uchun maxsus biriktirmalar
4.Ko‘krak bezi protezi
  5.ApparatlarPlastik
Metall shina
Vertlyug

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi