Tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingining qanday afzalliklari mavjud?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  23.01.2024 yildagi PQ-39-son Qaroriga asosan, 2024-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi.

Ushbu reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

“AAA”, “AA” va “A” toifalar — yuqori barqarorlik reytingi;
“VVV”, “VV” va “V” toifalar — o‘rta barqarorlik reytingi;
“SSS”, “SS” va “S” toifalar — qoniqarli barqarorlik reytingi;
“D” toifa — quyi barqarorlik reytingi;

Yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi taklifiga asosan har yili 20-avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi;

Bundan tashqari, yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etiladi:

“AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi;

“AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam bo‘lgan hollarda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati miqdoridan qat’i nazar, 7 yil (teng ulushlarda) etib belgilanadi;

“A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga:

  • soliqlar bo‘yicha (qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish uch kun muddatda amalga oshiriladi;
  • tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi