O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Boshqaruvining 27.07.2024-yilda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish qaroriga muvofiq Advokatlar palatasi advokatura sohasida ilmiy ish qilgan amaliyotchi advokatlarni Palata hisobidan bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiradi.
Boshqaruv qaroriga muvofiq:
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan advokatlarga – BHMning 100 baravari;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan advokatlarga – BHMning 150 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.