Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.06.2024 yildagi PF-84-son Farmoniga binoan 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda quyidagi qo‘shimcha lisenziya talablari joriy etilmoqda:

a) yillik lisenziya to‘lovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish;

  • alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qo‘llash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;
  • alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini o‘rnatish.

b) yashirin ishlab chiqarish, aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifasiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga o‘tkaziladi;

v)  qalbaki aksiz markali, aksiz markasiz, raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan, qalbaki markirovka kodlari bilan markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi lisenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi;

g) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yiladi;

d) har yarim yil yakunlari bo‘yicha aroq, shuningdek, iste’mol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarishda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi 60 foizdan kam bo‘lganda, belgilangan 60 foizning bajarilmagan qismiga aksiz solig‘i summasining 50 foizi miqdorida moliyaviy jarima hisoblanadi.

Bunda har yarim yillik yakunlari bo‘yicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi 60 foizdan ko‘p bo‘lganda va aksiz solig‘i to‘liq to‘langan taqdirda, undirilgan moliyaviy jarima summalari korxonaga qaytarib beriladi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvarga qadar ishlab chiqarish quvvatlaridan va ishlab chiqarilgan mahsulotlardan samarali va maqsadli foydalanish hamda iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlari qoldiqlari ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlarini (bundan tabiiy va ko‘piklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) ishlab chiqaruvchi har bir korxonaga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari biriktiriladi;

  • ishlab chiqaruvchi «Lisenziya» axborot tizimi orqali lisenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish haqida xabardor qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida Inspeksiya tomonidan Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda soliqlar va yig‘imlarning to‘liq to‘langanligi hamda iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlarining qoldiqlari xatlovdan o‘tkaziladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarga subsidiya ajratiladi

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi

Oilaviy mehmon uylari uchun qanday majburiy sharoitlarni yaratishlari kerak?

Tadbirkorlik subyektlari davlat organlariga qanday hisobotlar taqdim etishlar lozim?

2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim mahsultlariga nol stavkali bojxona boji qo‘llaniladi.

Tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingining qanday afzalliklari mavjud?