Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.03.1999-yildagi 135-sonli Qaroriga muvofiq, Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi va shartnoma qiymatiga nisbatan mablag‘lar tejalganligi uchun pudratchi tashkilotni buyurtmachi tomonidan mukofotlash Tartibi belgilangan.

Ushbu Qarorga asosan, shartnoma qiymatiga nisbatan mablag‘lar tejalishi tender savdolar asosida belgilangan shartnoma narxi bilan amaldagi xarajatlar o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Ushbu mablag‘lar mukofot sifatida pudrat tashkilot ixtiyorida qoldiriladi.

Quyidagilar shartnoma qiymatiga nisbatan mablag‘lar tejalishi hisoblanadi:

  • fan va texnika yutuqlarini joriy etish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlari va boshqa ishlarning ilg‘or texnologiyalari qo‘llanilishi;

  • qurilishni obyekt sifatini pasaytirmaydigan unchalik qimmat bo‘lmagan zarur binokorlik materiallari, yarim tayyor mahsulotlar, buyumlar va konstruksiyalar bilan ta’minlash;

  • asbob-uskunalar, qurilish mashinalari va mexanizmlarini ishlatish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek o‘zi tayyorlagan sanoat mahsulotini qo‘llash;

  • ustama xarajatlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish va qisqartirish hamda noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish;

  • tasdiqlangan loyiha hujjatlariga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa chora-tadbirlar hisobiga qurilish qiymati pasaytirilishiga erishish.

Shu bilan birga, obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi uchun qurilish qatnashchilariga o‘tkazilgan mukofotlash mablag‘larining 10 foizidan 35 foizigacha miqdorini xodimlarni mukofotlash uchun, qolgan qismini tarmoqning ishlab chiqarishini rivojlantirishga hamda aylanma mablag‘lar va moddiy resurslarni to‘ldirish uchun foydalanish tavsiya etiladi.

Konsorsium shartnomasining huquqiy tabiati

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni himoya qilishda Torrens tizimining afzalliklari

Korporativ shartnomalarning huquqiy tartibga solinishi

Merosdan majburiy ulush olish huquqi

Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari

Kvazi yuridik shaxslar

Fuqarolik huquqida elektron shaxs konsepsiyasi

Smart kontraktlar

Oʻzgartirish mulk huquqining vujudga kelishining asosi sifatida

Faktoring. U nima? Qanday ishlaydi?