Kripto-doʻkon nima va unda qanday operatsiyalar amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda kripto-aktivlar faoliyatini huquqiy tartibga solish, ularni huquqiy makondagi aniq maqomini belgilash hamda ushbu sohada sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida milliy qonunchiligimiz  takomillashitirilib borilmoqda.

Xususan 31.10.2022- yilda 3395-sonli (https://lex.uz/docs/-6266755) roʻyxat raqami bilan Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi qabul qilingan.

Ushbu hujjatda kripto-doʻkon tushunchasiga taʼrif berilib oʻtilgan boʻlib, kripto-doʻkon –kripto-aktivlarni sotib olish va sotish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha elektron platforma (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot (yuridik shaxs)dir.

Kripto-doʻkonda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

a) kripto-doʻkonning elektron platformasi orqali:

  • jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish va (yoki) sotish;
  • chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish va (yoki) sotish;

b) kripto-doʻkonning savdo obyekti orqali:

  • jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
  • mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul koʻrinishida milliy va (yoki) xorijiy valyutada sotib olish;
  • mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.
  • Kripto-doʻkonda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
  • majburiy identifikatsiyadan oʻtkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
  • Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;
  • anonim kripto-aktivlar hamda oʻzaro oʻzgarmas tokenlarni sotib olish va (yoki) sotish operatsiyalari.

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?