Qorovullar necha soat ishlashi kerak? Dam olish kunlari ularga qo‘shimcha haq to‘lanadimi?

Umumiy qoida bo‘yicha xodim haftasiga 40 soat ishlashi mumkin. Bu Mehnat kodeksining 182-moddasida belgilangan. Ta’kidlash lozimki, mazkur meyor qonun chiqaruvchi tomonidan to‘liq ya’ni 1 stavkada ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan meyor sanaladi. Shunga ko‘ra 1 stavkada ishlaydigan laborat haftasiga 40 soat ishlashi mumkin.

Bunda MK 185-moddasiga muvofiq har kungi ishning (smenaning) davomiyligi o‘ziga nisbatan ish vaqtining normal davomiyligi belgilangan xodimlar uchun:

  • olti kunlik ish haftasida — yetti soatdan;
  • besh kunlik ish haftasida — sakkiz soatdan oshmaydigan tarzda belgilanadi.

Agar ish smenali tashkil etilsa, kunlik smena soatlarining eng ko‘p miqdori 12 soat bo‘lishi mumkin. MK 206-moddasiga asosan ishning tugashi va uning keyingi kuni (smenada) boshlanishi o‘rtasidagi har kungi (smenalar oralig‘idagi) dam olish davomiyligi, shu jumladan dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus o‘n ikki soatdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Yuqoridagi qoidaga asosan qorovullar uchun uchun korxonada smenali ish tashkil etilsa, ularning ish vaqti smena bo‘yicha ko‘pi bilan 12 soatni tashkil etishi mumkin.

Agar qorovulning ish smenasi dam olish yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelganda qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Qarang! MK 263-moddasiga asosan dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun quyidagilarga kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi:

  • ishbay ishlovchilarga — kamida ikki hissali ishbay baholar bo‘yicha;
  • mehnatiga kunbay va soatbay tarif stavkalari bo‘yicha haq to‘lanadigan xodimlarga — kunbay yoki soatbay tarif stavkasining kamida ikki hissasi miqdorida;
  • maosh oladigan xodimlarga — har bir ishlangan kun yoki soat uchun maoshdan tashqari kunbay yoki soatbay stavkasining kamida bir hissasi miqdorida.

Shunday ekan qorovul dam olish yoki bayram kuni ishlasa yuqoridagilarga amal qilgan holda qo‘shimcha haq to‘lanishi kerak.

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati

Fuqarolik-huquqiy shartnomalari mehnat shartnomasi deb tan olinadi

Ishdan bo‘shatish nafaqasi va ishsizlik nafaqasi o‘rtasida farq bor