Farzandimni chetga chiqishiga taqiq qoʻysam boʻladimi?

Oila kodeksining 71-moddasiga koʻra ota-ona oʻz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar (ota-onalik huquqlari). Bunda ota-onalik huquqlari bolalar oʻn sakkiz yoshga toʻlganlarida (voyaga yetganda), shuningdek voyaga yetmagan bolalar nikohga kirganlarida hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda bolalar voyaga yetmasdan toʻla muomala layoqatiga ega boʻlganlarida tugaydi.

Ushbu kodeksining 75-moddasida ota-ona alohida yashaganda bolalarning qayerda yashashi ota-onaning kelishuviga binoan belgilanishi nazarda tutilgan. Agar ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, nizo sud tomonidan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal etiladi.

Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi Qonunning 14-moddasiga asosan har bir bola gʻayriqonuniy koʻchirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega.

Bunda bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ushbu masala boʻyicha ota va ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasidagi har qanday kelishmovchilik sud tomonidan hal qilinadi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, farzandlarni chet el safarlari faqat ota-onasining roziligi bilan amalga oshiriladi. Demak, siz farzandlaringiz ota(ona)si sifatida sudga murojaat qilish orqali chetga chiqishga taqiq qoʻydirishingiz mumkin.

Kimlar farzandlikka olishda ustunlikka ega boʻladilar?

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga oʻzgartirish kiritsa boʻladimi?

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?

Shariy nikohdagi xotin umumiy mol-mulkdan hech narsa ololmaydimi?

Aliment to‘lamagan qamaladimi?

Ko‘p bolali oila