Dekret puli qanday hisoblanadi?

Hozirda dekret puli xodim o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Negaki yangi Mehnat kodeksining 404-moddasida homiladorlik va tug‘ish ta’tili naqasining miqdori o‘zgargan.

Markur normaga ko‘ra, binoan ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

Mana shu qoidaga muvofiq dekret puli ish stajidan qat’i nazar lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi miqodirdan kam bo‘lmagan holda to‘lanadi.  Shunday ekan xodimga dekret puli yuqori meyor bo‘yicha to‘lanishi kerak.

Dekret puli ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi.

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami: 1136, 08.05.2002 y.) 52-bandiga muvofiq nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda to‘lanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti bo‘yicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt bo‘yicha ish haqiga qo‘shiladi.

Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug‘urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qo‘shilib, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.

Qoidaning mazmuni shundan dalolat beradiki, homiladorlik va tug‘ish ta’tili uchun nafaqani hisoblashda xodimning korxonada ishlagan davrda olgan har qanday to‘lovlari, shu jumladan ustama, qo‘shimcha to‘lov, moddiy yordam, rag‘batlantirish to‘lovlari hisobga olishi lozim.

Mehnat qonunchiligida mansabdor shaxsning moddiy javobgarligi qanday?

Mehnat munosabatlarining subyektlari (yoki MK 19-moddasi sharhi)

FHSHni mehnat shartnomasi deb topish asoslari

Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi?

Noqonuniy ishdan bo’shatishning huquqiy oqibatlari

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud