Kimlar farzandlikka olishda ustunlikka ega boʻladilar?

Har bir jamiyatda farzandlikka olish masalasi juda murakkab va nozik ijtimoiy muammolardan biridir. Farzandlikka olish jarayonida bolaning manfaati har qanday boshqa omildan ustun turadi. Shuning uchun qonun farzandlikka olishda ayrim shaxslarga ustunlik beradi. Bu ustunlik ularning ijtimoiy holati, moddiy imkoniyatlari, sogʻlom muhit yaratish qobiliyati va bolaga optimal parvarish berish imkoniyatlariga asoslanadi.

Oila kodeksining 151-moddasida farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini koʻzlab yoʻl qoʻyilishi taʼkidlangan.

Mazkur kodeksning 154-moddasiga binoan, farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega boʻladilar:

turar joyidan qatʼi nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs;
aka-uka, opa-singillarni ular oʻrtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
oʻgay ota va oʻgay ona;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.

Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Agar siz farzandlikka olmoqchi boʻlgan bolaga yuqoridagi toifadagi shaxslardan biri, yaʼni bolaning qarindoshi, oʻgay ota yoki onasi boʻlsangiz,  farzandlikka olishda ustunlikka ega boʻlasiz.

Farzandimni chetga chiqishiga taqiq qoʻysam boʻladimi?

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga oʻzgartirish kiritsa boʻladimi?

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?

Shariy nikohdagi xotin umumiy mol-mulkdan hech narsa ololmaydimi?

Aliment to‘lamagan qamaladimi?

Ko‘p bolali oila