Hokimiyat va hmqo xodimlari “g‘alla o‘rimi”ga aralashishga haqli emas

Hozirgi kunda yurtimizning qator hududlarida “G‘alla mavsumi” boshlandi. Bu mavsumda fermer xo‘jaliklari va g‘alla klasterlari shartnomalarda nazarda tutilgan majburiyatni bajarishga va ortiqcha hosilni tasarrufga etishga harakat qiladi. Ammo, bu holatlarda tadbirkorlik subyektlarini har xil byurokratik to‘siqlar hamda hokimiyat va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining noqonuniy aralashuvi mulkini tasarruf etish huquqini cheklab quyadi.

Xo‘sh, bu harakatlar qonuniymi ?

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonunning 18-moddasida nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashishga haqli emasligi belgilangan.

Bundan tashqari, G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risidagi PQ-10 sonli qarorining 6-bandiga ko‘ra davlat boshqaruvi organlari, barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning:

  • boshoqli don yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlashga;
  • ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘nalishlariga;
  • bug‘doyni sotish jarayonlariga, shu jumladan shartnomalar tuzishga, xo‘jaliklarni don tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi ma’lum korxonalarga biriktirish, respublika hududlari o‘rtasidagi ichki tashuvlarga aralashuvi;
  • g‘allachilik klasterlari faoliyatiga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki tartibda ko‘rsatma berishlari qat’iyan taqiqlanadi.

Shu normalardan kelib chiqib hokimliklar, “sektor rahbar”lari hamda HMQO xodimlarining tadbirkorlik subyektlarining  faoliyatiga o‘z vakolatidan chetga chiqib, belgilangan tartibga rioya qilmay aralashuvi noqonuniy hisoblanadi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarga subsidiya ajratiladi

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi

Oilaviy mehmon uylari uchun qanday majburiy sharoitlarni yaratishlari kerak?

Tadbirkorlik subyektlari davlat organlariga qanday hisobotlar taqdim etishlar lozim?

2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim mahsultlariga nol stavkali bojxona boji qo‘llaniladi.