O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni 3-bandida 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilishi belgilangan.
Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy Reglamenti 2-bandiga ko‘ra davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli jismoniy shaxs – stajor o‘qituvchi hisoblanib, ular kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovlariga jalb qilinadilar.
Agar tugallangan oliy ma’lumotli shaxs stajor o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilingan bo‘lsa, unda nazorat sinovidan o‘tish lozim.