Skip to main content

Mulkiy huquqlarga nimalar kirishini bilasizmi❓

Ko‘pchilik mulkiy huquqlar va mulk huquqining o‘rtasidagi farqni ajrata olmaydi.

🔰 Mulk huquqi bu ashyoviy shaklga ega bo‘lgan ko‘char 🛻 va ko‘chmas🏘 mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf huquqini o‘zida ifodalaydi.

🔰 Ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, pulda ifodalangan bahoga ega mol-mulkka qaratilgan va ushbu mol-mulkdan mustaqil ravishda, unga bog‘liq bo‘lmagan holda muomalada bo‘lishga qodir bo‘lgan huquqlar mulkiy huquq deb e’tirof etiladi.

Quyidagilar:

▪️ kreditorning qarzdorga talab qo‘yish huquqi;

▪️ xo‘jalik jamiyatining (AJ, MCHJ, QMJ) ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushi;

▪️ qimmatli qog‘ozlar;

▪️ muallifning (yoki boshqa huquq egasining) intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqi;

▪️ huquqlarning zamirida yotgan mol-mulk bilan bog‘liq, sotilishi yoki o‘z mulkdoridan o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan boshqa turlari mulkiy huquqlar deb e’tirof etiladi.

❇️ Ashyoning o‘zini o‘tkazmay turib, mustaqil muomalada bo‘lishi mumkin bo‘lmagan ashyoviy huquqlarga mulkiy huquqlar sifatida qaralmaydi.

Categories: Fuqarolik huquqi