Qimor bilan bog‘liq talablar sudda himoya qilinadimi?

Fuqarolar orasida bir-birlari bilan qimor o‘ynash yoki ma’lum ashyo evaziga garov o‘yinlarini uyushtirish holatlari ko‘plab uchrab turadi. Bunday hollarda yuzaga keladigan talablar sudda himoya qilinishi kerakmi degan savolga Fuqarolik kodeksining 983-moddasiga ko‘ra javob beramiz:

“Fuqarolar va yuridik shaxslarning tavakkalchilikka asoslangan qimor yoki garov o‘yinlar (qimor va bas boylash) uyushtirish yoki ularda ishtirok etish bilan bog‘liq talablari sudda himoya qilinmaydi”

Deb belgilangan. Ammo quyidagi holatlar bundan mustasnodir:

  • qimor yoki garov o‘yinlar aldov, zo‘ravonlik, tahdid ta’sirida tuzilgan bo‘lsa;
  • o‘z vakilining qimor yoki garov o‘yinlari tashkilotchisi bilan g‘arazli kelishuv tufayli ishtirok etgan shaxslarning yuzaga keladigan talablari bo‘lsa;
  • davlat, vakolatli davlat organidan ruxsatnoma (litsenziya) olib faoliyat yuritayotgan lotareya tashkilotchisi bilan bog‘liq lotareya munosabatlarida yuzaga keladigan talablar.

Demak, A shaxs B shaxs bilan qimor o‘ynadi. Natijada A shaxs yutqazdi. Qimorga qo‘yilgan ashyo sifatida avtomashina A shaxs tomonidan B shaxsga taqdim etilmaganida, B shaxs sudga murojaat qila olmaydi.

Agar A shaxs lotareya tashkilotchisi-ruxsatnoma olgan shaxs bilan munosabatga kirishdi. Bu kabi hollarda Fuqarolik kodeksining 984-moddasiga muvodiq, yutuqlar bilan bog‘liq, lotereyani o‘tkazish yoki zarar yetkazish natijasida kelib chiqadigan va boshqa shu kabi talablar bilan sudga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. 

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?

Fuqarolik huquqida restitutsiya

Fuqarolik huquqida konvolidatsiya

Culpa in Contrahendo Doktrinasi

Kreditorlar huquqlarini himoya qilish usullari: ex ante va ex post control

Fuqarolik huquqida sinallagmatik shartnomalar