Darsi yoʻq oʻqituvchi shanba kuni ishga borishi kerakmi?

Oʻqituvchilar uchun shanba kuni ham rasman ish kuni hisoblanadi. Garchi boshlangʻich sinflarda darslar 5 kunlik rejimda qoʻyilgan boʻlsa-da, bu boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining mehnat faoliyatiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni alohida xususiyatga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan oʻttiz olti soat qilib belgilanadi. 

Shunga koʻra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meʼyorni belgilaydi.

Bunda Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:

•  1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali, yaʼni:

–  18*1=18+18=36*4,3(hafta)=154,8*43 (hafta)=1548 soat;

•  5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali, yaʼni:

–  20*0,8=16+20=36*4,3(hafta)=154,8*43 (hafta)=1548 soat.

Taʼkidlash kerakki, yuqoridagi meʼyor faqat toʻliq stavkada ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli.

Hozirda maktablarda toʻliq 6 kunlik ish haftasi oʻrnatilgani sababli, oʻqituvchilar garchi shanba kuni darsi boʻlmasa ham ishga borishlari va oʻzlarining pedagogik yuklamalarini bajarishlari zarur.

Yer fondi uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi

“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovi tashkil etiladi.

Yuridik xizmat