Soliq tekshiruvlarida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qarorini bekor qilish tartibi qanday?

Soliq tushumlarining to‘g‘ri va adolatli to‘lanishi nazorat qilish davlatning funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funksiyani soliq organlari amalga oshiradi.

Ayrim holatlarda mazkur organ tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar g‘ayriqonuniy bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan mazkur tekshiruv natijalarini bekor qildirishga ehtiyoj seziladi. Buning uchun sudga murojaat qilishda bir qator qoidalarga rioya qilish lozim.

Ma’muriy tartib taomillar to‘g’risidagi qonunning 63-64-moddalarida manfaatdor shaxs ma’muriy shikoyatni ma’muriy hujjat, protsessual hujjat to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki manfaatdor shaxsga ma’muriy harakat haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida, ma’muriy hujjat ustidan berilgan ma’muriy shikoyatni ma’muriy tartibda ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ mavjud bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy hujjat ustidan sudga shikoyat qilishga haqli ekanligi belgilangan.

Demak, quyidagi ketma-ketlikda soliq organining noqonuniy qarorini bekor qilish (haqiqiy emas) topish mumkin.

1️⃣ Ma’muriy hujjatni qabul qilgandan 30 kun ichida yuqori turuvchi soliq organiga ma’muriy shikoyat bilan murojaat qilish;
2️⃣ Yuqori turuvchi soliq organining qaroridan norozi bo‘lganda yoki yuqori organ bo‘lmagan taqdirda bevosita sudga murojaat qilishi mumkin.

Soliq organlarining qarorini haqiqiy emas deb topish uchun ma’muriy hujjatni rasmiylashtirishdagi har qanday qonunbuzilish holat asos bo‘ladi. Shu jumladan, quyidagilar:

  • Soliq tekshiruvlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma va qarorni vakolatli shaxslar tomonidan imzolanmaganligi yoki dalolatnoma soliq organidan ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi (VMQ-1 37-band, SK 135-modda);
  • Ma’muriy hujjatda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagan, tasdiqlanmagan faktlarga asoslanganligi;
  • Soliq huquqbuzarligi bo‘yicha dalolatnomani ko‘rib chiqiladigan sana, vaqt va joy haqida ogohlantirilmaganligi natijasida jarayonda shaxsan yoki vakili qatnashishini ta’minlanmaganligi (VMQ-1 45-band, SK 165-modda);
  • Dalolatnoma nusxasini huquqbuzarga (soliq to‘lovchi) taqdim qilmaganligi (VMQ-1 45-band, SK 165-modda);
  • Tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish, qaror qabul qilish va boshqa belgilangan muddatlarga rioya qilinmaganligi (SK 165-166-modda).

Agar tekshiruv jarayonida yuqoridagi holatlardan birortasiga yo‘l qo‘yilsa, mazkur tekshiruv natijalari ustidan shikoyat qilish va uni haqiqiy emas deb topish yohud bekor qildirish mumkin.

Qishloq xo’jaligida soliq to’g’risidagi qonunchilik talablari soddalashtirilmoqda

Ayrim tadirkorlik subyektlariga foyda va aylanmadan olnadigan soliqlar uchun imtiyozlar bor

Ekoturizm tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi qo‘llaniladi

2024-yil 1-iyuldan qanday soliq imtiyozlari bekor bo’ldi?

Maxsus iqtisodiy zonalarga investisiya kiritgan investorlarga soliq imtiyozlari beriladi