Ta’sischi vafot etsa, uning ulushi merosxo‘rlarga o‘tadi

Ma’lumki, Fuqarolik kodeksining 1113-moddasida meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kirishi belgilangan.

Ushbu moddaning mazmuniga ko‘ra meros qoldiruvchining yuridik shaxslardagi ulushlari (aksiyalari) meros obekti doirasida kiradi. Boshqacha aytganda, uning ulushlari merosxo‘larga vorislik huquqi asosida o‘tadi.

Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risidagi qonun 20-moddasiga asosan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaxslarning merosxo‘rlariga va jamiyatning ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga o‘tadi.

Mana shu qoidaga muvofiq ta’sischilardan (ishtirokchi) birining  MCHJdagi ulushlari uning merosxo‘rlariga o‘tishi lozim.

Lekin jamiyatning Ustavida boshqacha qoida belgilanishi ham mumkin.

Yuqoridagi moddaga muvofiq agar jamiyatning ustavida lushning (ulushning bir qismining) merosxo‘rlarga yoki huquqiy vorislarga o‘tishi uchun jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyat ishtirokchilariga murojaat etilgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki jamiyatning ustavida belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning barcha ishtirokchilarining yozma roziligi olingan bo‘lsa yoxud jamiyat ishtirokchilarining birortasidan ham rozilik berishga yozma raddiya olinmagan bo‘lsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.

Shunga ko‘ra merosxo‘rlar ulushga da’vogarlik qilishdan avval MCHJ Ustavini ko‘rishi lozim. Agar unda yuqoridagi kabi qoida bo‘lsa, unda meros qoldiruvchining ulushi merosxo‘rlarga o‘tishi uchun qolgan barcha ishtirokchilarning roziligi talab etiladi.

Agar ishtirokchilar rad javobini bersa, Qonunning 22-moddasiga muvofiq meros qoldiruvchining vafot qilish kunidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan ulushning haqiqiy qiymatini to‘lashi yoxud ularning roziligi bilan ularga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.

Demak jamiyatning Ustavidagi qoidaning mazmuniga asoslanib merosxo‘lar yoki ulushni yohud uning qiymatini olishi mumkin.

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?