Xodimni ta’tildan chaqirib olish mumkinmi?

Xodimni ta’tildan chaqirib olish mumkin. Faqat bunda bir qator talablar bor. Agar ish beruvchi xodimni ishga chiqarishi zarurat bo‘lsagina, unda xodimni ishga chaqirib olish harakati boshlanishi mumkin.

Mehnat kodeksining 232-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Demak, ish beruvchida xodimni mehnat ta’tilidan chaqirib olishga arzirli sabab bo‘lganda va xodim bunga o`zining roziligini bildirganda, xodimni ta’tildan chaqirib olish mumkin.

Shuningdek, xodimni ta’tildan chaqirib olishda ushbu kodeks 231-moddasiga asosan ta’til qismlarga bo‘linadi hamda  ta’tildan chiqarib olish uchun ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi o‘n to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak. Mazkur holatda MK 230-moddasida ko‘ra ta’tilning qolgan qismi shu ish yili ichida berilishi shartligi ham nazarda tutiladi.

Yuqoridagi ikki qoidaning mazmuniga shundan dalolat beradiki, ta’tildan chaiqrib olinayotgan xodim ta’tilning bir qismidan foydalangan va qolgan qismini shu ish yilida boshqa muddatga ko‘chirganda, ta’tilning foydalanilgan yoki keyinga ko‘chirilgan qismi 14 kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.

Bunda xodimga ta’til puli MK 233-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq ta’til boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Muhim!
Shu bilan birga, ta’tildan chaqirib olingan xodim o‘z mehnat vazifasini bajarishga kirishgan kundan boshlab unga MK 244-moddasi qoidalarini qo‘llagan holda ish haqi to‘lash boshlanadi.

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati

Fuqarolik-huquqiy shartnomalari mehnat shartnomasi deb tan olinadi

Ishdan bo‘shatish nafaqasi va ishsizlik nafaqasi o‘rtasida farq bor