Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga oʻzgartirish kiritsa boʻladimi?

Maʼlumki, Oila kodeksining 207-moddasiga binoan oʻzaro nikohda boʻlgan ota va onadan birining arizasiga koʻra tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftarida ular bolaning ota-onasi deb yoziladi.

Agar ota-ona oʻzaro nikohda boʻlmasalar, bolaning onasi toʻgʻrisidagi yozuv onaning arizasiga koʻra, otasi toʻgʻrisidagi yozuv esa, bolaning otasi va onasining birgalikdagi arizasi boʻyicha yoxud sudning hal qiluv qaroriga asosan yoziladi.

Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 138-bandiga asosan dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud boʻlganda va manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlmaganda, ushbu yozuvlar saqlanayotgan joydagi, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan boʻlsa, FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar kiritish ular ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasiga koʻra amalga oshiriladi.

Nizomning 139-bandiga koʻra dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • otalik belgilanganda;
  • farzandlikka olinganda;
  • ota-onaning oʻzaro kelishuviga koʻra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga koʻra voyaga yetmagan bolaning familiyasi oʻzgartirilganda;
  • millati oʻzgartirilganda;
  • nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi maʼlumotlarni oʻzgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar);
  • sud qarori bilan otalikni belgilash haqiqiy emas deb topilganda, ota haqidagi maʼlumotlar bekor qilinganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda;
  • ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi oʻzgartirilganda;
  • dalolatnoma yozuvlarida imloviy xato va noaniqliklar boʻlganda, shuningdek tugʻilgan vaqti, joyi va otasining ismi haqidagi yozuv mavjud boʻlmaganda;
  • 16 yoshga toʻlmagan bolaning ismi va familiyasi oʻzgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan boʻlsa;
  • agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirib yoki erkalatish shaklida yozilgan boʻlsa;
  • jinsi oʻzgartirilganda.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, yuqoridagi holatlardan dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin. Agar farzandlaringiz 16 yoshga toʻlmagan boʻlsa, sizning  ( ota-ona) arizangizga binoan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Kimlar farzandlikka olishda ustunlikka ega boʻladilar?

Farzandimni chetga chiqishiga taqiq qoʻysam boʻladimi?

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?

Shariy nikohdagi xotin umumiy mol-mulkdan hech narsa ololmaydimi?

Aliment to‘lamagan qamaladimi?

Ko‘p bolali oila